JDU bilan ITSM hamkorligidagi loyiha oʻz yakuniga yetdi

19.03.2021

3401

Hududlardan saralab olingan (14x10) oʻqituvchilarga “COVID-19 pandemiyasi salbiy ta’siri davrida xalq ta’limi sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida JICA tomonidan beg‘araz ajratilgan notebook, router va alohida sim-kartalar tarqatilgan edi.

Ushbu loyiha tufayli oʻqituvchilar bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdi. Shu bilan birgalikda ta’lim tizimida qo‘shimcha adabiyotlar va o‘quv loyihalari sifatini oshirish hamda xususiy ta’limning rivojlantirish boʻyicha ham ma’lumotlarga ega boʻldilar.

Aziza Pardayeva Raxmatullayevna, Samarqand shahar 42-maktab ingliz tili oʻqituvchisi:

— Avvalo ushbu oʻquv kurslarni biz oʻqituvchilarga  tashkil qilishda mehnat qilgan barcha mutaxassislarga, Xalq ta’limi vazirligiga, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”ga, xususan Yaponiyaning JICA tashkiloti hamkorligida “COVID-19 pandemiyasi salbiy ta’siri davrida xalq ta’limi sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish” loyihasini tashkil etishganliklari uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Soʻnggi bir yilda butun insoniyat boshiga sinovli davr boshlandi, ya’ni kasalligi tarqaldi. Bu pandemiya dunyo miqyosida qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Ta’lim sohasida ham bir qancha qiyinchiliklarni boshimizdan oʻtkazdik. Nazarimda ushbu loyiha pandemiya davrida oʻqituvchi va oʻquvchilarning ta’lim sohasidagi yuz bergan boʻshliqlarni toʻldirishga ayni muddao boʻldi. Masofaviy ta’lim imkoniyatlari, murabbiylik va guruhni boshqarishdagi vaziyatlarni o‘rganib ancha o‘z ish faoliyatimda foydalandim. Bundan tashqari, ta’limga oid media mahsulotlarni yaratish, ularni masofadan samarali uzatish, qabul qilish usullari va vositalari, materiallarning yuqori sifatli  va kichik hajmli bo‘lishi uchun foydalanayotgan media dasturlar haqida ham bugungi kunda darslarimda ma’lumot berib bormoqdaman. Bir soʻz bilan aytganda loyiha ishtirokchisi ekanligimdan xursandman.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin