Endi Jizzax shahrida AKTga ixtisoslashtirilgan maktab mavjud

09.02.2021

4301

Kuni kecha, Jizzax shahrida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 8-maktabining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, “Unitel” MChJ va Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi. 

Maktabni zamonaviy ta’mirlanib 8 ta sinf xonasi — informatika, robototexnika, kibersport, matematika, ingliz tili, raqamli kutubxona, o‘qituvchilar xonasi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. Jami mahalliy davlat byudjetidan salkam 1 mlrd.ga yaqin mablag‘ sarf etildi.

Ochilish marosimi davomida Rustam Karimjonov “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida “Eng yaxshi informatika fani o‘qituvchisi” “Top-100” taligiga kirgan 4 nafar o‘qituvchiga sertifikat va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining intellektual salohiyatini oshirishda Toshkent shahridagi INXA universiteti biriktirildi. Hozirgi kungacha o‘quvchi va o‘qituvchilar INXA universitetining professor o‘qituvchilaridan onlayn ta’lim olishmoqda.

2021-yil 12-yanvar kuni DTM tomonidan 128 nafar hujjat topshirgan talabgor o‘quvchilardan test sinovlari o‘tkazilib, 60 nafar iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin