Xodimlarni rivojlantirish har qanday tashkilotning muvaffaqiyatga erishishi uchun eng muhim shartlardan biridir. Bu esa ayniqsa, bugungi kunda, ilmiy-texnologik taraqqiyotning tezlashuvi, professional bilim va ko'nikmalar har qachongidan ham tezroq rivojlanish davriga to'g'ri keladi. Xodimlar malakasining kompaniya ehtiyojlariga mos kelmasligi uning faoliyati natijalariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Strategiyani ishlab chiqish, xodimlar ehtiyojlarini bashorat qilish va rejalashtirish, keryera boshqaruvi va professional o'sishni o'z ichiga olgan o'zaro bog'liq harakatlar tizimini diagnostikalash.
Xodimlarning zaif va kuchli tomonlarini aniqlash va tahlil qilish, ularni rivojlantirish tizimini yaratish.
HR konsalting - biznes daromadini oshirish maqsadida inson kapitalini boshqarish sohasidagi oliy darajali rahbarlar oldida turgan muammolarni hal qilish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat. Bizning asosiy maqsadimiz - xodimlarni boshqarishning individual tizimlarini joriy etish, tashkilotda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tadbiq etish va nazorat qilishni amalga oshirish.
Biz bilan bog'laning
Nomzodning to'g'ri tanlovi - ish unumdorligi, daromad va xodimlarning sadoqatliligini oshirishga yordam beradi.
Nomzdolarning noto'g'ri tanlovi - xodimlarning almashinuvining oshishiga, jamoada nizolarning paydo bo'lishiga, xodimlarning ishga bo'lgan ishtiyoqi pasayishiga, bo'lim yoki kompaniyadagi ish samaradorligining yomonlashishiga, shuningdek, mehnat bozorida kompaniyaning biznes obro'siga bevosita ta'sir ko'rsatadigan malakasiz mutaxassislar sonining ortishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki xizmat ko'rsatish sifatiga ta'sir ko'rsatadi.
Bularning barchasi biznes beqarorligining ortishiga hamda muntazam ravishda xodimlarni tanlashda xatolarga duch kelishda, hatto biznes yo'nalishi, hatto butun kompaniyaning yopilib ketishiga olib kelishi mumkin.