20 000 dan ortiq maktab o‘quvchisi «Edu Market» dasturining onlayn-olimpiadasida ishtirok etmoqda

14.07.2020

2454

Avval xabar berganimizdek, Xalq ta’limi vazirligi, Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi, hamda «Aʼlo finance» bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Edu Market» interaktiv virtual ta’lim dasturining onlayn olimpiadasi davom etmoqda.

Birinchi hafta yakuni bo‘yicha birinchi o‘rinni Sarvinoz Rivojxonova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Shuhrat Yusupov va Temur Aripov egallashdi.

Olimpiada yana 3 hafta davom etadi.

Har hafta yakuni bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan g‘oliblarga: planshet, sertifikat va boshqa esdalik sovg‘alar taqdim etiladi.

Ishtirok etish uchun Play Market yoki App Store orqali «Edu Market» ilovasini yuklab olib, shaxsiy ma’lumotlarni kiritish kerak.

Manba: UzA

UzA ">

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form