“O‘qituvchilar assotsiatsiyasi”

16.06.2020

4071

Jamoat birlashmasi shaklidagi “O‘qituvchilar Assotsiatsiyasi” nodavlat-notijorat tashkilotining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini isloh qilishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Jamoat birlashmasini tuzishda mazkur assotsiatsiya “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi amaliy ko‘mak bergan.

Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o'qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo'llab-quvvatlaydi.

Jamoat birlashmasi shaklidagi “O‘qituvchilar Assotsiatsiyasi” nodavlat-notijorat tashkiloti joriy yilning 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bugungi kunda, jamoat birlashmasi butun respublika hududida faoliyat olib boradi. Uning hududiy bo‘linmalari ochilishida va ish olib borishida ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar quyidagi havola orqali murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil:

https://t.me/oqituvchilar_assotsiatsiyasi

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qoldiring:

https://forms.gle/Az92E4k5UBX9s89A9

 

https://t.me/oqituvchilar_assotsiatsiyasi

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qoldiring:

https://forms.gle/Az92E4k5UBX9s89A9

 

">

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form