ITSM va Turkiyaning Bahçeşehir universiteti "AI for Girls" treningiga start beradi

30.08.2022

1172

ITSM va Turkiyaning Bahçeşehir universiteti Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “AI for Girls” oʻquv inkubatoriga tez orada arizalar qabul qilinishini eʼlon qiladi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistondagi yosh qizlar o‘rtasida sun'iy intellekt ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

O'quv inkubatori 19-22-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Trening maktab o'quvchilari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar talaba qizlari uchun mo'ljallangan.

Tanlov mezonlari: dasturlash algoritmlari asoslari, Scratch va ingliz tilini bilish.

Yangiliklarni kuzatib boring.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form