Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tabiiy fanlar, texnologiya va ilm” uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

25.07.2022

1340

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining STEAM taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan xususiy maktablar vakillari uchun o‘quv qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi.

Ishtirokchilar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan kitobda tasvirlangan amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilgan zamonaviy o‘quv qo‘llanmasi yuzasidan fikr almashdilar.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form