“IT day in Tashkent” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi!

21.06.2022

1307

Joriy yilning 20 iyun kuni INHA universitetida Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun “IT day in Tashkent” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 
  
Ushbu tadbirda Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablarining 300 ga yaqin “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida IT sohasida ko‘plab yutuqlarga erishgan mutaxassislar o‘z tajribalari bilan ulashdilar. Bundan tashqari, o‘quv jarayonida yuzaga keladigan turli xil salbiy vaziyatlarga yechim, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ziddiyatlarni oldini olish haqida psixolog bilan fikr almashuvi ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Xalq ta’limi vazirligi va ITSM tomonidan hamda IT Park, INHA universiteti va “Samsung Electronics” kompaniyalarining hamkorligida o'tkazildi.

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form