Diqqat tanlov!

19.11.2021

1958

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar uchun seminar-trening tashkillashtirish ishlari uchun tanlov e’lon qiladi.
Seminar-trening oʻqituvchilik kasbining psixologik xususiyatlari hamda oʻqituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkilish etish huquqi mavzularida oʻtkazilishi lozim. Tanlovda tadbirlar va treninglar tashkillashtirish boʻyicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2021-yil 26-noyabrgacha qabul qilinadi. 
Loyiha haqida
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

quyida keltirilgan. Takliflar 2021-yil 26-noyabrgacha qabul qilinadi. 
Loyiha haqida
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

">

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form