Shveysariya O'zbekistonda maktablarda masofaviy ta'limni rivojlantirishga hissa qo'shadi

07.08.2020

4701

Shveysariyaning O'zbekistondagi elchixonasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziga 150 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratdi. Bu bilan Shveysariya ITSM tomonidan amalga oshirilayotgan "Maktab ta'limi uchun masofaviy o'qitishni yo'lga qo'yish" loyihasiga hissa qo'shayotgan mahalliy va xalqaro hamkorlar qatoriga qo'shildi. Tegishli shartnoma 7-avgust kuni imzolandi.

Loyiha doirasida Maktab.uz onlayn ta'lim platformasi yaratiladi va tegishli darslar bilan to'ldiriladi, shuningdek o'qituvchilarni psixologik, kasbiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda zarur hollarda kompyuter texnikasi bilan ta'minlash ko'zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish 2020-yil avgustidan boshlanadi.

Maktab.uz onlayn ta'lim platformasi yaratiladi va tegishli darslar bilan to'ldiriladi, shuningdek o'qituvchilarni psixologik, kasbiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda zarur hollarda kompyuter texnikasi bilan ta'minlash ko'zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish 2020-yil avgustidan boshlanadi. ">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin