“EduMarket” mobil dasturida onlayn olimpiada o‘tkaziladi

04.07.2020

174

Xalq ta’limi vazirligi, Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi «Edu Market» interaktiv virtual ta’lim dasturida maktab o‘quvchilari o‘rtasida onlayn olimpiada o‘tkazadi.

Olimpiada 6 iyul kuni boshlanib, 4 hafta davomida Android va iOS platformalari foydalanuvchilari orasida bo‘lib o‘tadi.

Har hafta yakuni bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan g‘oliblarga planshet, sertifikat va boshqa esdalik sovg‘alar taqdim etiladi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

•    Play Market yoki Appstore orqali Edu Market ilovasini yuklab olish;

•    Ilovaga kirib qahramonni tanlash;

•    Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish.

Eslatib o‘tamiz, olimpiadada faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilargina qatnasha oladi. Gʻoliblar onlayn tarzda e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, «Edu Market» dasturi «Game Zale» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan tatbiq etilmoqda. Barcha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bilim olish tizimiga ega «Edu Market» dasturi: virtual maktab, virtual kutubxona, onlayn ta’lim tizimi, o‘zlashtirish faoliyatining onlayn statistikasini hamda virtual 3D olamini o‘z ichiga olgan. Bola har bir to‘g‘ri javob va tirishqoqlik uchun mukofotga va har bir o‘tilgan mashg‘ulot bilan birga o‘zining virtual maktabini yaratish uchun zarur predmetlarga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda mobil ilovani yuklab olganlar soni 150 000 ga yetdi.

Manba: KUN.UZ

KUN.UZ ">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin