Jahon banki Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi loyihalari haqida ta'kidlab o'tdi

29.04.2020

78

Jahon bankining rasmiy veb-saytida «Oʻzbekiston: maktablarning yopilishiga oʻz vaqtida javob» nomli maqola eʼlon qilindi.

Maqolada bank mutaxassislarining taʼkidlashicha, 22-aprel holatiga koʻra 180 dan ortiq mamlakatlarda maktablarni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi kamida 1,7 milliard oʻquvchiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan.

«Oʻzbekiston, koʻplab davlatlar singari, koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha maktablarni yopishga majbur boʻldi. Qaror 15-mart kuni, mamlakatda COVID-19 ning birinchi holati roʻyxatga olingan kunda qabul qilindi.

Ikki kun oʻtgach, Xalq taʼlimi vazirligi karantin davrida umumtaʼlim maktablarning 6,1 million nafar oʻquvchilari uchun masofadan turib onlayn taʼlim berilishi haqidagi hukumat qarorini eʼlon qildi.

Vazirlik bu choralarni oʻz vaqtida qabul qildi. 30-martga qadar 350 dan ortiq videodarslar tayyorlangan boʻlib, ular internet va telekanallarda namoyish etildi.

Har kuni oʻrtacha 100 ta videodarslar tayyorlanib, taʼlimning uzluksizligi taʼminlanmoqda», - deyilgan Jahon bankining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan maqolada.

Xalq ta'limi vazirligi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM)  bilan birga tezda harakat qilishni davom ettirmoqda.

ITSM O'zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimida innovatsion va raqamli texnologiyalarni ishlab chiqib, amalga oshirmoqda: Prezident maktabi, “Edu Market” interaktiv virtual taʼlim dasturi, “Edu kids” bolalar uchun ilmiy-ommabop videoroliklari, Toshkent xalqaro taʼlim universiteti, hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “kitob.uz“ veb-portali.

Jahon banki vakillari   markaz tomonidan amaliyotga keng joriy etilayotgan  «Edu Market» interaktiv oʻquv dasturi, hamda o'z ichida 1000 ziyod eng sara kitob va audio manbalarni qamrab olgan «kitob.uz» veb-portalini  alohida taʼkidlab oʻtgan.

Hozirda, mamlakatda yagona boʻlgan mazkur loyihalarga aholi qiziqishi kundan kunga ortib bormoqda. Google Playda ikki ilova ham ko'p yuklab olinuvchi dasturlar reytingidan joy olgan. 50 mingdan ortiq odam «Edu Market» ilovasini yuklab olganligi bunga misol boʻladi.

Manba: Uzbekistan: A timely response on learning during school closures

Uzbekistan: A timely response on learning during school closures

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin