«Qora oqqush hodisasi»: pandemiyaning jahon moliya bozoriga ta'siri haqida

24.04.2020

3687

Nabi Togayev

Jorj Vashington universiteti MBA18 bitiruvchisi, Moliyaviy tahlilchi, ITSM xodimi

Har qanday kutilmagan katta hodisa – u xoh salbiy bo‘lsin, xoh ijobiy – insoniyat tarixida chuqur iz qoldiradi. Bunday hodisalar fan tilida «qora oqqush hodisasi» (black swan event) deb ataladi.

2019-yil dekabr oyida Uxan shahrida boshlangan Covid-19 epidemiyasining dunyoga ta'sirini bundan bir necha oy oldin tasavvur qilish qiyin edi. Hatto ba'zi mutaxassislar Covid-19’ni mavsumiy gripp yoki boshqa o‘pka kasalliklariga o‘xshatishdi, vahima qilishga o‘rin yo‘qligini ta'kidlashdi.

Bu – xuddi qora oqqushning Avstraliya qirg‘oqlarida mavjud ekaniga ornitolog olimlar ishonmay kelishgani, toki 1697-yilda uni ko‘rib hayratda qolganlaridek, yuzaga kelib turgan pandemiya ko‘pchilik uchun haqiqiy «syurpriz» bo‘ldi.

Bunday hodisalarning murakkab tomoni shundaki, ularning qachon sodir bo‘lishini va voqealarning qaysi tomonga va qanchalik tez rivojlanishini taxmin qilishning imkoni yo‘q. Iqtisodchilar tili bilan aytganda, keyingi voqealar rivojini taxmin qilish uchun ma'lumotlar yetarli emas.

«Qora oqqush» hodisasining iqtisodiy zarari misli ko‘rilmagan bo‘ladi, uni oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi, uni faqat to‘g‘ri iqtisodiy siyosat orqali kam talafot bilan o‘tkazish mumkin.

Avstraliya janubiy-g‘arbiy qirg‘oqlarida uchraydigan qora oqqush

Bunga kurka haqidagi masalni misol qilib keltirsak bo‘ladi. Kurka tuxumdan chiqqanidan boshlab ming kun davomida xo‘jayini uni uch mahal ovqat bilan siylaydi va unga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Hatto kurka «insonlar bizning haqiqiy do‘stimiz» deb o‘ylashni boshlaydi. Toki o‘sha mash'um ming birinchi kun kelmaguncha. Shukronalik kuni tongida kurka uchun misli ko‘rilmagan voqea sodir bo‘ladi, mehribon xo‘jayini undan mazali taom tayyorlashni rejalashtirgandi.

«Qora oqqush hodisasi» iborasi ilm-fan, moliya va texnologiya tarixida kutilmaganda sodir bo‘ladigan, sodir bo‘lishi ehtimoli juda past bo‘lgan, ammo sodir bo‘lsa jiddiy zarar keltiradigan hodisalarga ishlatiladi.

Quyidagi rasmda 1000 kun davomida kurkaning xo‘jayiniga bo‘lgan ishonchi oshib borishini ko‘rishimiz mumkin, 1001-kun esa o‘sha ishonch batamom yo‘q bo‘ladi.

Shukronalik kuni tongidagi kurkaning holati.
Manba: The Black Swan, Nassim Nikolas Taleb

Dunyo iqtisodiyoti oxirgi 10-yil davomida nisbatan barqaror, 3 foiz atrofida o‘sgani natijasida Jahon banki mutaxassislari yanvar oyi boshida 2020-yil uchun global YaIMning 3,6 foizga o‘sishini taxmin qilishayotgan edi. Bugungi kunda esa aksincha, global YaIM 2019-yilga nisbatan 3 foizga qisqarishi kutilmoqda, ya'ni farq – 6,6 foiz. Bu esa haqiqiy «qora oqqush hodisasi» yuz berganidan dalolatdir.

JSST 12 martda pandemiya e'lon qilguniga qadar xorij OAVda «vahimaga o‘rin yo‘q» qabilidagi maqolalarning chiqishi ham ko‘pchilikni chalg‘itdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aslida «Covid-19»ning dunyo bo‘ylab eksponensial o‘sishini anglash unchalik qiyin emas edi. Buni tushunish uchun «eksponensial o‘sish»ni iqtisod fani darslarida talabalarga tushuntirishda ishlatiladigan mashhur misol – nilufar gulining botqoqlik yuzasini 30 kunda qoplashini eslab o‘tishimiz kifoya.

Talabalarga savol qo‘yiladi: «Nilufar gulining soni har kuni ikki barobar o‘ssa, qachon botqoqlik yuzasini nilufar guli 50 foiz egallaydi?»

Javob esa oddiy – 29-kunda. O‘ttizinchi kuni esa o‘sha 29 kun davomida ko‘paygan gullar soniga teng gullar paydo bo‘ladi. Tasavvur qiling, bemorlar sonining bir kunda 50 milliondan 100 millionga, yoki 1 milliarddan 2 milliardga ko‘payishini...
Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotiga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti pandemiya natijasida 9 trillion AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rishi kutilmoqda.

Bu zararning mintaqalar kesimidagi holati quyidagi rasmda berilgan. Unga ko‘ra, Yevropa davlatlari YaIM -8,0 foizgacha, AQSh -5,9 foiz va Rossiya -5,5 foiz atrofida zarar ko‘rishi mumkin. Xitoy va Hindiston kabi Osiyo davlatlarida esa YaIM o‘sishi ijobiy ko‘rinishda davom etadi. O‘zbekistonda YaIMning o‘sishi 2020 yil uchun 1,8 foiz deb taxmin qilinmoqda.

Pandemiyaning 2020 yilda jahon davlatlari YaIMiga ta'siri bo‘yicha prognoz, foizlarda
Manba: Xalqaro valyuta jamg‘armasi

2020-yilda global iqtisodiyotning o‘rtacha 3 foizga, jahon savdo aylanmasining 11 foizga qisqarishi kutilmagan tezlik bilan sodir bo‘ldi va ayni paytda uning tiklanishi 2021-yilga kelib V-shaklida (5,8 foiz va 8,4 foiz mos ravishda) bo‘lishi kutilmoqda. Bu yerda pandemiyaning qancha davom etishi va vaksinaning qachon ommaviy ravishda qo‘llanilishi yuqoridagi tahlillarning qanchalik to‘g‘ri chiqishida asosiy omil hisoblanadi.

1980-yildan beri global YaIM o‘sishi, foizlarda
Manba: Xalqaro valyuta jamg‘armasi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bosh iqtisodchisi Gita Gopinatning bayonotiga ko‘ra, pandemiya natijasida jahon iqtisodiyoti 9 trillion AQSh dollari miqdorida zarar ko‘radi. Bu – Yaponiya va Germaniya YaIMining birgalikdagi hajmidan ham ko‘proq demakdir.

«Qora oqqush» hodisasining yana bir xislati shundaki, u qanchalik chuqur bo‘lsa, shunchalik tez tiklanishi ehtimoli ham bor. Biroq bu safargi moliyaviy inqiroz 2008-yildagi inqirozdan ham ancha jiddiy tus olishini tan olish kerak, buni xatto oxirgi 100-yillikdagi eng yirik moliyaviy inqiroz deb atasa ham bo‘ladi.

Quyidagi rasmda jahonning eng yirik 500ta (S&P500) kompaniyasi aksiyalarining necha kunda «Ayiq bozori» (Bear market) siklida sotilganini ko‘rishimiz mumkin.

«Ayiq bozori» sikli
Manba: VisualCapitalist.com

Epidemiya natijasida jahon moliya bozori 1929-yildagi inqirozdan ham jiddiy zarar ko‘rishi mumkin. O‘shanda S&P500 aksiyalarining 20 foizga arzonlashishi uchun 30 kun talab qilingan bo‘lsa, Covid-19 boshlangandan keyin bunga atigi 16 kun yetarli bo‘ldi.

Albatta, bu yerda moliya bozorining 2020 yilda 1929 yilga nisbatan ancha sezuvchan bo‘lib qolgani va bugungi kunda jahon hamjamiyatining inqiroz bilan ishlashda nisbatan ancha tajriba to‘plaganini ham hisobga olsak, bu safargi inqirozdan tez chiqib ketishga umid qilsak bo‘ladi.

Buning uchun jahon hamjamiyati iqtisodiyot, siyosat va sog‘liqni saqlash sohalarida uzviy mustahkam hamkorlikni amalga oshirishi va o‘zaro hamjihatlikning ahamiyati har doimgidan muhimligini anglab yetishi lozim. Mamlakatlar aro moliyaviy ko‘mak, birgalikda vaksina ishlab chiqish va o‘z vaqtida axborot almashuvi esa muammoning keng ko‘lam olib ketishini oldini olishda asosiy vosita hisoblanadi.

Har bir hodisadan xulosa chiqarganimiz kabi, bu safargi «qora oqqush hodisasi»dan ham tegishli xulosalarni chiqarib olishimiz kerak, u bizga kerakli darslarni beryapti.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin