English Speaking Nation loyihasiga rasman start berildi

10.03.2020

4048

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Amerika tashkilotining yangi English Speaking Nation: Secondary Teacher Training loyihasi doirasida mamlakatimiz umumtaʼlim maktablaridagi 33 mingdan ziyod ingliz tili fani oʻqituvchilarining bilim va mahoratini oshirishga imkon yaratiladi. 

English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) loyihasi – xalq taʼlimi tizimidagi maktab oʻqituvchilarining ingliz tili boʻyicha malakasini oshiruvchi dastur hisoblanadi. Mazkur dastur Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari va Xalq taʼlimi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilib, yurtimizda ingliz tili fani oʻqituvchilariga kasbiy – professional rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. 

ESN:STT dasturi doirasida umumtaʼlim maktablarining 15 000 nafar pedagoglari hamda 1000 nafardan ortiq trener oʻqituvchilari ishdan ajralmagan holda oʻquvchilarning ingliz tilidagi bilim va mahoratini oshirish, shu bilan birga sifatli taʼlim berishga koʻmak beruvchi metodlarni oʻrganadi. 

Ushbu uch yillik dastur trenerlarni tayyorlash va umumtaʼlim maktablarning ingliz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirishning kaskad modeli (qisqa muddat ichida koʻp sonli mutaxassislarni tayyorlash), taʼlim beruvchilar orasida oʻzaro kasbdoshlik koʻmagini shakllantirishga qaratilgan trenerlik dasturlarini oʻz ichiga oladi. 

ESN:STT Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat malaka oshirish markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 21 asr global iqtisodiyoti davriga hamnafas, til koʻnikmalari va vositalariga ega, oʻziga ishongan ingliz tili oʻqituvchilari jamoasini yaratish uchun faoliyat yuritadi. 

Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda TESOL Xalqaro Uyushmasi (TESOL) va Jorj Meyson universiteti (GMU) tomonidan olib boriladigan intensiv oʻquv dasturida qatnashish uchun har biri 40-45 nafar umumtaʼlim maktablarining ingliz tili oʻqituvchilaridan iborat ikkita guruh tanlab olinadi. 

Har bir guruh TESOLning 140 soatlik, jumladan Oʻzbekiston umumtaʼlim oʻrta maktablarida 20 soatlik majburiy amaliyot oʻtashni oʻz ichiga olgan asosiy sertifikat dasturida ishtirok etadi. Seminar-amaliyotlari mamlakatimiz umumtaʼlim maktablarida TESOL hamda Jorj Meyson universiteti tomonidan ikki hafta davomida olib boriladi. 

Toʻliq oʻquv kursini tugatgandan soʻng nomzodlar TESOL asosiy sertifikatiga ega boʻladi va Oʻzbekistonning asosiy oʻqituvchi-trenerlari jamoasiga kiritiladi. Eng kuchli oʻqituvchi-trenerlar ESNning mahoratli trenerlari boʻlishi uchun qoʻshimcha treninglarda qatnashishi va TESOLning 140 soatlik asosiy sertifikat dasturini oʻz kasbdoshlariga yetkazishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda asosiy oʻqituvchi-trenerlar (CT) Trenerlarni Tayyorlash Institutida 10-12 hududdagi kasbdosh mentorlar (RPM) guruhiga trening oʻtkazadi va ularga mentorlik qiladi. 

Uchinchi bosqichda CTlar trenerligi va rahbarligi ostida RPM lar bir yil davomida 10 nafar maktab oʻqituvchilarini oʻqitib, ularga trenerlik qiladi. Shu tarzda uchinchi yil yakuniga qadar 15000 nafar oʻqituvchilarni oʻqitishga erishiladi.

Dastur doirasida eng yaxshi 300 nafar RPMlar ESNning mahoratli trenerlari tomonidan oʻqitiladi va TESOL asosiy sertifikatini olish imkoniyatiga ega boʻladi. Shu asosda ular Oʻzbekistonning eng nufuzli asosiy oʻqituvchi-trenerlari jamoasiga aʼzo boʻlish imkoniga ega boʻladi. Asosiy oʻqituvchi-trenerlar jamoa trenerlarining ish rejalari va oʻquv materiallarini ishlab chiqadi. Ular Xalq taʼlimi vazirligiga oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslarini oʻtkazish uchun tavsiya qilinadi. CTlar va RPMlar 2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Mintaqaviy TESOL Konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin