EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" onlayn seminar-treningga start berildi

14.09.2023

3127

14-16-sentabr kunlari "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi", "ITSM” hamda “Fulbright visiting scholar programm” xodimlari hamkorligida onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu onlayn o'quv mashg'ulotlarida, Respublika miqyosidagi umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari (kimyo, fizika, biologiya) o'zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ladilar.

O'quv mashg'ulotlariga, taʼlim sohasidagi yetakchi xorijiy  ekspertlar - Rebecca Vieyra va Karli Wynne jalb qilingan bo'lib, ular tomonidan ishtirokchilarga yangi texnologiyalarda ishlash boʻyicha tushunchalar hamda amaliy koʻrsatmalar taqdim etilmoqda.

Eslatib o'tamiz!!!
16-18-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" mavzusida offlayn tarzda o‘quv-seminari bo'lib o'tgan edi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin