EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" seminar-treningidan video-lavha

18.08.2023

3026

Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda uch kun davom etgan EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" mavzusidagi o‘quv-seminarda umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari o'zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ldilar. 

Seminar davomida ishtirokchilar "Phet", "Nearpod", "Kaahoot" kabi o'quv platformalari haqida nazariy bilimlarga ega bo'lish bilan birga, amaliy mashg‘ulotlarda dars ishlanmalari, topshiriqlar, testlar, video-kontentlarni yaratdilar.

O'quv-seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Eslatib o'tamiz: o‘quv-seminari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”, Ta‘limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi hamda “Fulbright visiting scholar programm” hamkorligida tashkil etildi.  

Shuningdek, o'quv-seminarini tashkil etishda moliyaviy ko'mak bergan "Frankfurt Hotel"ga o'zimizning alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz! 

Bu kabi o'quv-seminarlarni barcha viloyatlardagi umumta'lim maktablari o'qituvchilariga ham tashkil etish rejalashtirilgan.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin