O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar, Respublikamiz hududida “Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu oylik doirasida, ko'plab davlat tashkilotlari qatorida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida ham bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, xodimlar bilan tashkilotdagi texnika vositalaridan to'g'ri va oqilona foydalanish, ish vaqti so'ngida barcha texnik qurilmalarni o'chirish ketish, yong'in xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan vositalardan foydalanmaslik haqida suhbatlar o'tkazildi.
Shuningdek, yong'in xavfsizligi qoidalari doirasida ko'rsatmalar taqdim etildi.