Bugungi kunning eng katta ixtirolaridan biri - bu shubhasiz, "SI" (sunʼiy intellekt) bo‘lib, uning imkoniyatlari insonlarni taʼsirlantirmoqda va ilhomlantirmoqda.
Ko‘pchilik "Sunʼiy intellekt" atamasi yoki uning mashhur "AI" nomi ostida nima yashiringanligini to‘liq tushunmaydi.
Maʼlum bir algoritm yoki qurilma odamlarga nisbatan vazifalarni yaxshiroq bajarishi, mehnat bozoridagi odatiy qoidalarni o'zgartirishi mumkin.
Texnologiya yangilik bo‘lmasada, dasturiy taʼminotni kengaytirishning so‘nggi yutuqlari unga yana-da murakkab muammolarni hal qilishga imkon bermoqda hamda “SI” qisqa vaqt ichida eng yaxshi asosli yechimlarni taklif qilmoqda.
Sunʼiy intellekt - bu doimiy ravishda takomillashtirishga qodir dasturiy taʼminot bo‘lib, u tegishli uskunaga yuklangandan so‘ng imkoniyatlari cheksiz bo‘ladi.
Hozirda "SI" iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni yo‘q qilish, energiya inqirozi, sog‘liqni saqlash, ishsizlik kabi eng dolzarb muammolarni hal qilishda ham sinalmoqda.