CALL-MARKAZ: ENG KO'P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

12.07.2023

799

     Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Mikro-hudud doirasida ariza topshirayotgan vaqtda taʼlim tilini tanlashda xato qilibman. Endi arizamni qanday tahrirlasam bo‘ladi?

     Bunday holatda siz hujjat topshirgan maktabingizga borishingiz va ariza maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan keyin moderatorlar tomonidan ariza tizimdan ham o‘chiriladi. So‘ngra maʼlumotlarni qaytadan mikro-hudud doirasida ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi. 

     Navoiy viloyatida doimiy ro‘yxatda turaman. Ayni vaqtda Toshkent shahrida istiqomat qilmoqdamiz. Farzandimning hujjatlarini yashash joyimga yaqin maktabga topshirmoqchiman. Ammo, tizimda Toshkent shahridagi maktabni belgilashni imkoni bo‘lmayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?

     my.maktab.uz tizimidagi maʼlumotlar IIV bazasi bilan bog‘langan va talabgorlar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joylariga biriktirilgan mikro-hudud doirasida ariza topshira oladilar. Shu bois, siz Toshkent shahrida yashash joyingiz bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, so‘ngra ariza topshirishingiz mumkin. 

    Shuningdek, o‘quvchi o‘rni, pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining yetarli o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqari qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin. 

     Shunga ko‘ra, 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida joylashgan maktabning 1-sinfiga, agar ularda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa, farzandingizni qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishingiz mumkin.

     Ariza topshirayotgan vaqtda arizamning navbatini noto‘g‘ri tanlabman. Ariza navbatini qanday tahrirlasam bo‘ladi?

     Bunday holatda ariza dastlab maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan so‘ngra Siz qaytadan ariza navbatini tanlashingiz mumkin.

     Shu o'rinda ota-onalardan ariza topshirayotgan vaqtda e'tiborli bo'lishni va barcha ma'lumotlarning to'g'ri to'ldirilayotganini tekshirishlarini so'raymiz.

     Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
     Telegram | Youtube | Facebook | Instagram 

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin