Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Men uning hujjatlarini bir vaqtning o'zida bir nechta maktabga topshirmoqchiman. Buning imkoni bormi?
Joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha farzandingizni 1-sinfga qabul qilish bo'yicha mikrohudud doirasida belgilangan umumta'lim maktabiga ariza yuborishingiz mumkin. Yashash manzili bo'yicha mikrohududga biriktirilgan umumta'lim maktabi avtomatik belgilanadi.
Umumta'lim maktablarining o'quvchi o'rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta'linlanganligi, sinf xonalarining o'quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumta'lim maktablarining bo'sh o'rinlariga mikrohuddan tashqari qo'shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.
Shunga ko'ra, 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida joylashgan maktabning 1-sinfiga farzandingizni qabul qilish bo'yicha ariza yuborishingiz mumkin.
My.maktab.uz ilovasi orqali ariza topshirayotganimda, "avval bu raqam bilan ro‘yxatdan o‘tilgan" degan yozuv chiqib qolyapti. Bunday holatda nima qilishimiz kerak?
Siz ro‘yxatdan o‘tish uchun kiritgan telefon raqami orqali tizimda avval ham ro‘yxatdan o'tish amalga oshirilganligi sabab shu xatolik yuzaga kelgan. Bunday holatda siz my.maktab.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan boshqa raqam bilan qaytadan ariza to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.
Men Qozog‘iston fuqarosiman. Hozirda O‘zbekistonda istiqomat qilyapman. Men 7 yoshga to‘lgan farzandimni 1-sinfga qabul qilish bo'yicha ariza topshira olamanmi?
Ha, topshira olasiz. Bunda my.maktab.uz hamda my.gov.uz platformalarida “chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram