O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoniga muvofiq, yurtimizda "Qurbon xayiti" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, joriy yilning 28-iyundan 2-iyulgacha barcha tashkilotlar kabi umumtaʼlim maktablarida ham dam olish kunlari etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 28-iyunidan 2-iyuliga qadar 5 kun davomida my.maktab.uz elektron platformasi orqali umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish bo‘yicha, onlayn ariza topshirish jarayoni vaqtinchalik to‘xtatilishini eʼlon qilamiz.
3-iyul, dushanba kunidan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, 28-iyunga qadar ro'yxatdan o'tgan arizalarga 3-iyuldan boshlab javob beriladi.