Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xodimlarining ikki nafari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi
Bugun, 30-iyun - Yoshlari kuni munosabati bilan xalq taʼlimi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatayotgan 25 nafar xodim “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi. Shu jumladan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining Raqamli taʼlim platformalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Saidaxmad Jalilov va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Jasur Asqarov bunday eʼtirofga sazovor boʻldilar.
Markaz jamoasi nomidan mukofot olgan xodimlarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz va bugungi kundagi shijoati, tashabbuskorlik xislatlarini yoʻqotmasliklarini hamda kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.