Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) "CAREER DAY 2021" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi
Bugun, 8-aprel kuni yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi Westminster Xalqaro Universitetida "CAREER DAY 2021" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil qilindi. Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) ham ushbu yarmarkada ishtirok etib, mazkur ta’lim muassasasining bitiruvchilari bilan suhbat qurishga, ularning bilim va ko‘nikmalari bilan qiziqdilar.
Bitiruvchilarga Markazning yo‘nalishi, asosiy ish faoliyati, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Bilim va ishlash ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yoshlar Markazda ishlashga taklif qilindi.
Bitiruvchilarga ushbu yarmarkada quyidagi yo‘nalishlarda ish o‘rinlari taklif etildi:
- Banklar, investitsiya va kredit kompaniyalari;
- Davlat xizmatlari vazirliklari;
- Arxitektura, qurilish va dizayn;
- Moliya, buxgalteriya hisobi va audit;
- Logistika;
- Huquqshunoslik;
- Tibbiyot va farmatsevtika;
- Marketing va HR;
- Sug'urta;
- sanoat;
- ishlab chiqarish;
- Mehmonxonalar va restoranlar;
- IT & Telekommunikatsiya.
Yarmarka 9-aprel kuni ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Shuningdek, Markazda ishlashni istaydigan yoshlar o‘zlari haqidagi ma’lumotnomalar (rezyume)ni hr@itsm.uz pochta manziliga yuborishlari mumkin.