Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining anʼanaviy odatlariga koʻra, oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashgan, yaxshi natija koʻrsatgan xodimlar har oyning yakunida Markazning Bosh direktori Abduvali Haydarov tomonidan maxsus faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar. Shu anʼanaga rioya qilib, mart oyida faol mehnat qilgan va gʻayratini namoyon etgan bir qator xodimlar taqdirlandilar. Jumladan:
Nodirbek Barnayev – tashkiliy ishlarda koʻrsatgan shijoati va oʻz ishiga boʻlgan sadoqati uchun;
Alisher Rapiyev – oʻz ishiga kreativ va masʼuliyat bilan yondashganligi uchun;
Malika Shavkiyeva – UNICEF bilan hamkorlikdagi loyihada faol mehnati uchun;
Feruza Hamroyeva – “Yangi Oʻzbekiston ustozlari” loyihasidagi faol ishtiroki uchun;
Amrillo Abdusalomov va Azizaxon Xoʻjayeva – jamoatchilik bilan aloqalarda faol ishtiroki uchun taqdirlandilar.
Barcha ITSM xodimlarini sertifikatlari bilan tabriklaymiz va kelgusida ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!