Shaffof test tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi

26.03.2021

3072

25-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining UStudy test markazi vakillari bilan o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazilishi hamda boshqa turdagi test sinovlari tashkillashtirilishini shaffofligini ta’minlash va O'zbekistonda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining Rivojlantirish bo‘yicha direktori Sarvarbek Sa’dullayev ishtirok etdi.

O‘z navbatida, ikki tomon mamlakatlarda joriy etilgan ta’lim tizimi arxitekturasi haqida ma’lumotlar almashdilar va qozog‘istonlik delegatsiya vakillari tomonidan UStudy'ning faoliyati, ular tomonidan joriy qilingan innovatsion dasturiy hamda texnik yechimlar va ularning imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat vakillari ta’lim sohasida o‘zaro manfaatlarga asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan istiqbolli loyihalar va ularning joriy qilish mexanizmlari to'g'risida fikr almashdilar.

Ma’lumot o‘rnida: UStudy test markazi – 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim sohasida o‘zini ishonchli va muvaffaqiyatli investor sifatida namoyon etgan. UStudy test markazi xalqaro standartlarga va xavfsizlik talablariga javob beruvchi har qanday kompyuter test sinovlarini o‘tkazish uchun zamonaviy infratuzilma va yangi avlod jihozlariga ega. Jami 6320 ta o‘ringa ega Markazning 56 ta hududiy vakolatxonalari Qozog‘iston Respublikasining barcha 14 ta viloyat markazlari va 3 ta respublika ahamiyatiga ega shaharlarda, tumanlar markazlari va yakka shaharlarda joylashgan. Markaz infratuzilmasiga 15,5 mln AQSh dollaridan ko‘p mablag‘ sarf etilgan.

">

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin