Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari o‘tkazayotgan seminar-treninglar ro‘yxati bilan to‘liq tanishing

10.03.2021

2645

Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining bir qator boshqarma va bo’limlari hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan “Xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlarni joylarda amaliyotga tatbiq etish” mavzusida navbatdagi seminar-treninglarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida tashkillashtirmoqda.

Jumladan:

Qoraqalpog’iston Respublikasi:

Xorazm viloyati:

Mazkur seminar-treninglarda, tuman axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar, umumta’lim maktab direktorlari, informatika va texnologiya fanlari o'qituvchilari, maktab psixologlari qatnashadilar hamda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni to’g’ri tatbiq etish bo’yicha malakalarini oshiradilar.

Shuningdek, mazkur hududlardagi nodavlat umumta’lim sohasiga hamda davlat-xususiy sheriklik yo’nalishiga qiziqish bildirayotgan tadbirkorlar va sarmoyadorlar bilan ularning takliflari va rejalashtirgan loyihalari bo’yicha muhokamalar hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berib o’tiladi.

Seminar-treninglarda quyidagi dolzarb mavzular bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda:

1. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish sohasidagi islohot va galdagi vazifalar xususida - Kadambay Saytov - Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo’limi boshlig’i;

2. Xalq ta’limi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, innovatsion loyihalar yo’nalishida olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida - Sarvar Butanov - Xalq ta’limi vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i;

3. Davlat-xususiy sheriklik yo’nalishidagi islohotlar, amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi vazifalar to’g’risida - Ayubxon Sultonov - Xalq ta’limi vazirligi Maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasi boshlig’i;

4. Yangi innovatsion texnologiyalar sohasidagi islohotlar va galdagi vazifalar xususida - Sarvarbek Sadullaev - Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya” markazi DUK Rivojlantirish bo’yicha direktori.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin