50 nafar xalq ta'limi o'qituvchi va o'quvchilari noutbuk bilan taqdirlandilar

18.10.2020

3690

Oktabr oyi boshida kurslarda faol ishtirok etib, xalqaro  sertifikatlar ega bo‘lgan o’qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilarining 15 nafar g'olib sifatida taqdirlangan edi.

Bu safar g'oliblar Coursera ta'lim platformasidagi xalqaro darajadagi kurslarda faol ishtirok etayotganlar — o'qib tamomlagan sertifikatlar soni, kurslarining qiyinlik darajasi, darslarda 100 foiz qatnashganligi bo’yicha 50 nafari zamonaviy notebooklar bilan taqdirlandi. 

Hozirgi kunga qadar Хalq ta’limi tizimining 13 mingga yaqin o‘qituvchi va o‘quvchilar Coursera’dan ro‘yxatdan o‘tib, ular jami 60 mingga yaqin kurslarni o‘qishdi, 130 ming soatlik 250 mingga yaqin darslarda qatnashishdi.
Respublika kesimida Navoiy viloyatidan – 14 nafar, Sirdaryo viloyatidan 5, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar va boshqa viloyatlardan g’oliblar taqdirlandilar. 

Ma'lumot uchun: 2020 yil yanvar oyida Londonda bo‘lib o‘tgan Jahon Ta’lim Forumidagi muzokaralar jarayonida Coursera tashkiloti bilan ushbu xalqaro onlayn ta’lim platformasidan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlarini oshirish borasida kelishuvga erishilgan edi. 

Natijada iyun oyidan boshlab Coursera O’zbekiston Xalq ta‘limi tizimidagi barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va xodimlar jami 50 ming foydalanuvchilar uchun kurslarini kaliti taqdim etildi. 

Bir foydalanuvchi uchun bir oylik obuna narxi o’rtacha 50 AQSH dollarini tashkil etsa, 6 oy uchun taqdim etilgan 50 ming kalit qiymati 15 mln. AQSH dollar (157,5 mlrd. so’m) ni tashkil etadi.

Sovrinlar Shveysariyaning O’zbekistondagi elchixonasi taqdim etgan grant mablag’lari hisobiga taqdim etilmoqda.

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме