Diqqat tanlov!

07.12.2020

3032

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida xalq taʻlimi tizimida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar va ularning assotsiatsiyalari uchun onlayn platforma ishlab chiqish bo’yicha kampaniya o’tkazish uchun tanlov e’lon qiladi.

Onlayn platformada o’qituvchilarning huquq va majburiyatlari, jumladan uyushmalar tashkil etish huquqi, shuningdek o’qituvchining jamiyatdagi maqomini oshirish bo’yicha ma’lumotlar olish, ruhshunos va huquqshunoslardan onlayn maslahat olish, o’zlari istagan va platformaga qo’shilgan assotsiatsiyalardan biriga a’zo bo’lish, assotsiatsiyalar uchun esa subdomen orqali o’z saytiga ega bo’lish imkoniyati bo’lishi lozim. Tanlovda onlayn platformalarni ishlab chiqish bo’yicha tajribaga ega tashkilotlar oʻz tijoriy takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Batafsil maʻlumot va talablar quyida keltirilgan. Takliflar 2020-yil 14-dekabrgacha qabul qilinadi.

Loyiha haqida

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Batafsil ma'lumot:

https://drive.google.com/file/d/1JEhyvan13IBmdxlNqDVTwSdCFdvF4sid/view?usp=sharing

https://drive.google.com/file/d/1JEhyvan13IBmdxlNqDVTwSdCFdvF4sid/view?usp=sharing ">

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме