"Bir million O'zbek dasturchilar" loyihasi bir yilligini nishonlash marosimi bo'lib o'tdi

18.12.2020

3633

Online tarzda bo'lib o'tgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vaziri Muhammad Bin Abdulloh Al-Gergavi, Dubai Future Foundation direktori oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov va boshqalar ishtirok etishdi.

Marosimni kirish so'zi bilan  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berdi.

Bosh vazir barchani "Bir million O'zbek dasturchilar" loyihasining bir yilligi bilan tabriklab, loyiha ushbu vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganligi haqida to'xtalib o'tdi.

-Bugungi kunda 120 000 nafardan ortiq yoshlarimiz platformada ro'yxatdan o'tib, ta'lim olmoqdalar. Ulardan 21 000 nafarlari platformadagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlarga ega bo'ldilar. Loyiha imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2000 dan  ziyod umumta'lim maktablarida kompyuter dasturlashni o'qitish loyiha kurslariga binoan tashkil etildi. Shu maqsadda, maktablarda informatika fanidan dars berayotgan 2500 dan ziyod o'qituvchilar malaka oshirish kurslaridan o'tdilar. Yaqin 2 yilda dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar soni 500 000 nafardan ziyodni tashkil etilishi kutilmoqda, deydi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov.

">

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме