Amity University Tashkent talabalarining kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirish bo’yicha memorandum imzolandi 

20.11.2020

2613

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) hamda Amity University Tashkent o'rtasida o'zaro faoliyat va hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

ITSM hamda Amity University Tashkent rahbariyatlari tomonidan imzolangan memorandumda  Amity University Tashkent talabalarining bilim va kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirish borasida hamkorlik qilish ko’zda tutilgan.

Uzoq va qisqa muddatli amaliyot o'tganlaridan keyin universitet talabalari Markazga ishga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bundan tashqari, o'zaro hamkorlik doirasida xalq ta'limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalar hamda ijodiy izlanishlarni rag'batlantirish rejalashtirilgan.

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме