Xalq ta’limi vazirligida notiqlik san’ati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

07.11.2020

2993

Xalq ta’limi vazirligida vazirlik hamda “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK xodimlari uchun Notiqlik san’ati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-trening xodimlarda ilmiy salohiyat, kasbiy etika, o‘zaro muloqot va minbardan turib gapirish madaniyatini oshirishga qaratilgan.

– bugungi kunda Prezidentimizning tashabbusi bilan “Uchinchi renessans”ni amalga oshirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar va ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Davlat dasturining ijrosini ta’minlash eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi, – dedi seminar treneri Sanjar Shukurov - Tadbir doirasida ta’lim tizimi sifatini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda zamonaviy ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish, ta’limda raqamli texnologiyalarning o‘rni keng muhokama qilindi.

Treningda Sanjar Shukurov Yangi O‘zbekistonda “Yangi o‘zbek”, “Millatim boshqa bo‘lsada, men O‘zbekistonlikman” ritorikalari ostida seminar ishtirokchilariga raqamli iqtisodiyot, BMTning ming yillik rivojlanish maqsadlari va hozirgi yosh avlodning informatsion tahdidga uchrayotgani to‘g‘risida to‘xtaldi.  

Shuningdek, “multikulturalizm”ning ahamiyati, rivojlanayotgan O‘zbekistonda yangi jamiyatning aynan harakatlar strategiyasining 5-yo‘nalishi bo‘yicha “Diniy bag‘rikenglik” shiori ostida rivojlanishi yurtimizda Uchinchi renessansni amalga oshirishga zamin yaratishini ham ta’kidlab o‘tdi.

Manba: http://uza.uz/posts/185042

http://uza.uz/posts/185042

">

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме