ITSM O‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturini e’lon qiladi

29.08.2020

3236

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasidagi O‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 2020-yilgi dastlabki soni uchun grantlar bo‘yicha takliflarni qabul qilishini e’lon qiladi.

Nomzodlar (ariza beruvchilar) quyidagi talablarga javob berishi kerak:

-    O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan;
-    Nodavlat-notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
-    Asosiy faoliyati maktab o‘qituvchilarining uyushishiga qaratilgan.

Grant olish uchun takliflar quyidagi ustuvor yo‘nalishlardan birini yoki bir nechtasi qamrab olishi kerak:

-    o‘qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shish;
-    tashkilot faoliyati va o‘qituvchilar uchun muhim mavzularni yoritib borish;
-    tashkilot faoliyatini kengaytirish va a’zolar sonini ko‘paytirish;
-    tashkilot faoliyati uchun kerakli ekspertlarni jalb qilish;
-    o‘qituvchilarning xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkillashtirish.

O‘qituvchilar assotsiatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida grant olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1.    Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan dasturda qatnashish uchun istak xati;
2.    Erkin shaklda tayyorlangan va budjeti ko‘rsatilgan grant olish uchun taklif;
3.    Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Baholash mezonlari (jami 30 ball):

-    tashkilotning nomzodlar uchun talablarga mosligi (0-10 ball);
-    takliflarning ustuvor yo‘nalishlar doirasida bo‘lishi (0-10 ball);
-    maktablar o‘qituvchilarini qamrab olish darajasi yoki bu bo‘yicha asoslangan rejalari (0-10 ball).

Arizalar faqat elektron shaklda euita@itsm.uz elektron pochta manziliga, m.ilmiaminova@itsm.uz elektron pochta manziliga nusxa qo‘ygan holda jo‘natilishi kerak. Arizalar 2020-yil 21-sentabrgacha qabul qilinadi. Natijalar 2020-yil 25-sentabrda e’lon qilinadi.

Loyiha haqida

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.
 

euita@itsm.uz elektron pochta manziliga, m.ilmiaminova@itsm.uz elektron pochta manziliga nusxa qo‘ygan holda jo‘natilishi kerak. Arizalar 2020-yil 21-sentabrgacha qabul qilinadi. Natijalar 2020-yil 25-sentabrda e’lon qilinadi.

Loyiha haqida

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.
 

">

Свяжитесь с нами

Вы можете отправить свои предложения, жалобы или мнение в данной форме