"Davlat xususiy sheriklik veb-portalini yaratish" loyihasi
21.02.2020
Maktab ta'limi sohasida davlat va biznes o'rtasidagi sherikchilik uchun shart-sharoitlar yaratish, DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun ularning potensialini ishlab chiqish va birlashtirish hamda mamlakat iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida markaz tomonidan Davlat xususiy sheriklik veb-portali yaratildi.
Portalning asosiy imkoniyatlari:
- DXSh loyihalarini tender o'tkazish va amalga oshirish uchun yagona platforma;
- mavjud barcha nodavlat umumta'lim maktablari ma'lumotlarini birlashtirish;
- yagona portalda DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun ma'lumot bo'limlari va e'lon qilingan obyektlardan foydalangan holda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish;
- kerakli ma'lumotlarni osongina olish uchun optimallashtirilgan portalni yaratish orqali manfaatdor tadbirkorlar oqimini 50 foizga oshirish.