"UzEduBot" Telegram bot loyihasi

04.09.2019

 UzEduBot

UzEduBot botining asosiy maqsadi maktab ta’limi tizimidagi ma’lumotlarni olishga qulaylik yaratishdan iborat.

Bot orqali foydalanuvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman maktab ta’limi boshqarmalari, shuningdek, bo‘limlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin.

Bot yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor.

Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham ko‘rsatib beradi.

Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumta’lim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi.

Foydalanuvchilar bot yordamida vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borishlari mumkin.

UzEduBot boti hozirda test tizimida faoliyat yuritmoqda. Loyiha “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK mutaxassislari tomonidan yaratilgan. UzEduBot boti qo‘shimcha ma’lumotlar bilan muntazam yangilanib boriladi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin