"Robocraft" loyihasining asosiy maqsadi "Barkamol avlod" respublika markazlarida robototexnika bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etishdan iborat. Loyihaning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
o'quvchilarni robototexnika asoslari bo'yicha o'qitish;
o'quvchilarga dasturlash asoslarini o'rgatish, ularni dasturlash ko'nikmalarini olishga yo'naltirish;
o'quvchilarni jamoaviy ishlarga o'rgatish;
ijodiy fikrlash va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish.
Ayni vaqtda loyiha yakunlash bosqichida. Barcha beshta "Barkamol avlod" markazlari yangilangan va barcha xonalar zarur infratuzilma bilan jihozlangan hamda ular investorlar ixtiyorida topshirildi. Loyiha joriy yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi. 20 ta markazdagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kurslar bosqichma-bosqich ochilib, har yili 3000 nafarga yaqin bolalarni o'qitishga imkon beradi.
«Barkamol Avlod» markazlari manzili:
Sergeli tumani
Manzil: 100012, Toshkent sh., Sergeli tumani, Sputnik C-2, 18 uy, 2-sonli maktab, А blok
Telefon: +998 977604554
Yashnobod tumani
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Aviasozlar ko'ch., 1 tor, 7А uy
Telefon: +998 977604554
Yakkasaroy tumani
Manzil: 100100, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 17 uy
Telefon: +998 977613959
Biz bilan bog'laning
Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin