Yangi O'zbekiston ustozlari
12.10.2021
Yangi Oʻzbekiston ustozlari milliy mukofoti loyihasi:
Mazkur loyiha taʼlim sifati past maktablarda dars berish uchun taʼlim sifati yuqori boʻlgan hududlardan oliy va birinchi toifali oʻqituvchi pedagoglarni jalb qilish uchun xizmat qiladi.
Loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad taʼlim sifati yuqori boʻlgan umumtaʼlim maktablarining sonini hamda maktab taʼlimi tizimidagi barcha oʻquvchilarning bilim saviyalarini oshirishdan iborat.
Loyihaga qiziqish bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar ariza berishlari uchun loyiha doirasida veb-sayt ishlab chiqiladi.
Loyihaning eʼtiborli tarafidan shundaki, loyiha doirasida maʼlum hududdan boshqa bir taʼlim sifati past hududga borib faoliyat yuritadigan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foizdan 100 foizgacha ustama haqlari toʻlash mexanizmi joriy qilinadi.
Biz bilan bog'laning