Raqamli kutubxona
11.10.2021
Raqamli kutubxona loyihasi maktab kutubxonachilari uchun qanday qulayliklar yaratadi?
Raqamli kutubxona maktab kutubxonalari faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan bo‘lib, loyiha kutubxonachilar uchun ish yuritishdagi ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos bo‘lish imkonini beradi.
Raqamli kutubxona loyihasi natijasida quyidagilar:
Jamlama kitobi;
Inventar kitobi;
Kundalik daftari;
Yo‘qolgan va o‘rniga qabul qilingan adabiyotlarni qayd etish kitobi;
Kitobxonlarni hisobga olish daftari;
Kitoblar uchun cho‘ntakcha;
Kitob formulyari;
Katalog kartochkasi;
Kitobni qaytarish varaqasi;
Kitobxon formulyari elektron shaklga o‘tkaziladi.
Loyiha doirasida elektron kutubxona tizimiga o‘tkaziladigan poytaxtning 5 ta tumanidagi umumta’lim maktablari kutubxonalari zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlandi. Endilikda, platformani Shayxontohur tumanidagi maktabda sinov tajribasidan oʻtkazish, soʻng respublika boshqa maktablarida joriy etish rejalashtirilgan.
Biz bilan bog'laning