"Zamonaviy maktablar" loyihasi

28.11.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 26-noyabrdagi “‘Zamonaviy maktablar’ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537-son qarori imzolanib, unda: 

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillarini jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholab, muvofiqlik sertifikatlarini berish.

Markaz “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlashning elektron platformasini ishga tushirish.

Markaz mutaxassislari umumiy o‘rta ta’lim maktablarni zamonaviy maktab talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari belgilandi.

Hozirda «Zamonaviy maktab»larga qo‘yiladigan talablar va ular asosida baholash tartibi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda tasdiqlandi.

“Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida baholash uchun 4 ta soha belgilandi:

1)  Umumta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, infrastrukturasi va jihozlash me’yoriga asosan jihozlanganlik holati;
2)  Maktabni boshqarish samaradorligi;
3)  O‘qish va o‘qitish tizimi;
4)  Ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari.

Xalqaro tajriba va jalb etilgan xalqaro konsultantlarning tavsiyalarini inobatga olib, ushbu talablar va baholash tartibini sentyabr oyigacha takomillashtirish ishlari olib boriladi.

Baholash mexanizmi Jahon Bankining Doing Business reytingi mexanizmiga o‘xshash holda ishlaydi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin