"www.idea.itsm.uz" gʻoyalar portali

16.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan - www.idea.itsm.uz g‘oyalar portali ishga tushirildi

Endi ushbu portal orqali barcha xohlovchilarga Xalq ta’limi sohasini rivojlantirishga oid o‘z g‘oya-takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikning maxsus ishchi guruhiga yuborish imkoniyati yaratildi. 

G‘oya va takliflarni yuborish uchun: www.idea.itsm.uz veb-sahifasiga kirib, “G‘oyangizni yo‘llang!” tugmasini bosib va quyida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan birini belgilab hamda tayyorlangan prezentatsiya shablonini yuklab olib, g‘oya-taklifingizni Xalq ta’limi tizimiga tadbiq etish mexanizmlarini izohlagan holda jo‘natishingiz talab etiladi:

Yo‘nalishlar:    
- ta’lim sifatini yaxshilash;
- o‘qituvchilar maqomini oshirish;
- o‘qituvchilar malakasini oshirish;
- davlat-xususiy sheriklik; 
- maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish; 
- innovatsiya va texnologiyalar;
- zamonaviy maktab;
- maktablarning infratuzilmasini takomillashtirish; 
- inklyuziv ta’lim;
- boshqalar.

O‘z navbatida, Vazirlikning ishchi guruhi tomonidan eng yaxshi g‘oyalar va takliflar hamda ularni hayotga tadbiq etgan mualliflarni aniqlash maqsadida maxsus ko‘rik-tanlovlar tashkil etiladi. Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Taqdim etilgan g‘oyalar va takliflarni ko‘rib chiqish tartibi alohida Nizom bilan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Mazkur portal O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan yaratildi.

Biz bilan bog'laning

Takliflaringizni, shikoyatlaringizni yoki fikringizni ushbu shaklda yuborishingiz mumkin