Yangiliklar

Xalqaro professional IT sertifikatga o’qib qo’lga kiritish, dunyoning yetakchi IT kompaniyalarda ishlash imkonini beradi!

20.09.2023 3080

Hozirda xalqaro IT-sertifikat olish uchun ta'lim olayotgan yoshlar soni 2,5 ming nafardan oshdi; Xalqaro IT-sertifikatga o'qigan 1000 ga  yaqin yoshlar davlat tomonidan qo’llab quvvatlanib, jami 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq o’qish xarajatlari qoplab berildi; Yoshlar katta qiziqish bilan o'qiyotgan yo'nalishlar:  - Data science (14,5%), Full-stack-development (14%) va Phyton (12,4%)  va boshqa sertifikatlar hisoblanadi; IT ta’lim platformalari orasida eng ommaboplari COURSERA (49,9%), QWASAR (30%), UDEMY (14,5%) platformalaridir; Siz ham kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo’lmoqchi bo’lsangiz, vaqtingizni bekorga sarflamang - professional IT sertifikat olish harakatini boshlang.  Xalqaro IT sertifikatlar ro'yxati  – BU YERDA. #digital #IT_talim #fakt Telegram  Twitter  Facebook  Instagram  Youtube

EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" onlayn seminar-treningga start berildi

14.09.2023 2590

14-16-sentabr kunlari "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi", "ITSM” hamda “Fulbright visiting scholar programm” xodimlari hamkorligida onlayn seminar-trening tashkil etildi. Ushbu onlayn o'quv mashg'ulotlarida, Respublika miqyosidagi umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari (kimyo, fizika, biologiya) o'zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ladilar. O'quv mashg'ulotlariga, taʼlim sohasidagi yetakchi xorijiy  ekspertlar - Rebecca Vieyra va Karli Wynne jalb qilingan bo'lib, ular tomonidan ishtirokchilarga yangi texnologiyalarda ishlash boʻyicha tushunchalar hamda amaliy koʻrsatmalar taqdim etilmoqda. Eslatib o'tamiz!!! 16-18-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" mavzusida offlayn tarzda o‘quv-seminari bo'lib o'tgan edi.

Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi

04.09.2023 2536

Bugun — 4-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 700 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.  Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.  Umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, vazirlik mas’ullari, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirlarda faol o‘quvchilar davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarishdi. Ma’lumot uchun aytish lozimki, umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik...

Mustaqillik bayrami qutlug‘ bo‘lsin!

01.09.2023 2311

1 sentabr - jahon xaritasida mustaqil va suveren davlat, o‘z bayrog‘i, madhiyasi, gerbi kabi milliy ramzlariga, Davlat Qomusi - Konstitutsiyasiga ega, o‘zining qatʼiy maqsad yo‘li va porloq kelajak sari intiluvchan fuqarolariga ega  -  O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilgan kun!  Bu kun xalqimizning asriy orzusi amalga oshgan, ozodlik va hurlik nashidasi, ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklangan kundir! Eng qadrli bayramlarimizdan biri bo‘lgan, Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi bilan xalqimizni muborak etamiz! Vatanimiz hurligi, erkinligi va farovonligi, yurtimiz tinchligi hamda osmonimiz musaffoligi abadiy bo‘lsin!  Hurmat bilan, ITSM jamoasi

EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" seminar-treningidan video-lavha

18.08.2023 2327

Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda uch kun davom etgan EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" mavzusidagi o‘quv-seminarda umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari o'zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ldilar.  Seminar davomida ishtirokchilar "Phet", "Nearpod", "Kaahoot" kabi o'quv platformalari haqida nazariy bilimlarga ega bo'lish bilan birga, amaliy mashg‘ulotlarda dars ishlanmalari, topshiriqlar, testlar, video-kontentlarni yaratdilar. O'quv-seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi. Eslatib o'tamiz: o‘quv-seminari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”, Ta‘limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi hamda “Fulbright visiting scholar programm” hamkorligida tashkil etildi.   Shuningdek, o'quv-seminarini tashkil etishda moliyaviy ko'mak bergan "Frankfurt Hotel"ga o'zimizning alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz!  Bu kabi o'quv-seminarlarni barcha...

 Umumta'lim maktablarida o'qituvchilarning dars soati taqsimoti qay tartibda amalga oshiriladi?

18.08.2023 3857

     O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2020-yil 30-iyunda ro'yxatdan o'tgan 3271-sonli qarori asosida, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ilovada keltirilgan ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligida taqsimlanadi.      Xorijiy til o'qituvchilarini umumta'lim maktablariga ishga qabul qilish uchun xalqaro yoki mahalliy sertifikatlar zarurmi?      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.      Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajasidagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" seminar-treningidan video-lavha

18.08.2023 2522

Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda uch kun davom etgan EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" mavzusidagi o‘quv-seminarda umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari o'zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo'ldilar.  Seminar davomida ishtirokchilar "Phet", "Nearpod", "Kaahoot" kabi o'quv platformalari haqida nazariy bilimlarga ega bo'lish bilan birga, amaliy mashg‘ulotlarda dars ishlanmalari, topshiriqlar, testlar, video-kontentlarni yaratdilar. O'quv-seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi. Eslatib o'tamiz: o‘quv-seminari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”, Ta‘limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi hamda “Fulbright visiting scholar programm” hamkorligida tashkil etildi.   Shuningdek, o'quv-seminarini tashkil etishda moliyaviy ko'mak bergan "Frankfurt Hotel"ga o'zimizning alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz!  Bu kabi o'quv-seminarlarni barcha...

ITSM faoliyati mahalliy OAV nigohida

17.08.2023 2368

     Xabaringiz bor, joriy yilning 16-avgust kuni, Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda EdTechUZ: Empowering Education through Technology for Science teachers" mavzusida umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quv-seminari boshlandi.      Uch kun davom etadigan ushbu seminar-trening hamda uning doirasida taqdimoti bo'lib o'tgan “Pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari” uslubiy qo‘llanmasi haqida "Ma'naviyat va ma'rifat" tele-kanalida lavha taqdim etildi.

Tabiiy fanlar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-treninglari bo‘lib o‘tmoqda

16.08.2023 2590

     Bugun Toshkent shahrida joylashgan 110-maktabda "EdTechUZ: Empowering Education through Technology for teachers" mavzusida umumtaʼlim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.      Mazkur o‘quv-seminari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”, "Ta‘limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi" hamda “Fulbright visiting scholar programm” hamkorligida tashkil etildi.         Seminarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan saralab olingan va kelgusida STEAM taʼlimini tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan maktablarning 60 ga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.      O‘quv-seminarining birinchi kuni davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" hamda xorijiy mutaxassislar hamkorligida ishlab chiqilgan “Pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari”...

My.maktab.uz platformasi orqali 2023-2024-o'quv yilida hududlar kesimida qancha o'quvchi qabul qilindi?

15.08.2023 2499

Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

Elektr energiyasini tejash uchun kundalik hayotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

13.08.2023 2434

Farzandlarimizga bu borada nimalarni o’rgatishimiz kerak? Bularning barchasi bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

Yong‘inga sabab bo‘lguvchi omillardan ogoh bo'ling!

11.08.2023 2585

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar, Respublikamiz hududida “Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkazildi.      Ushbu oylik doirasida, ko'plab davlat tashkilotlari qatorida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazida ham bir qator tadbirlar amalga oshirildi.       Jumladan, xodimlar bilan tashkilotdagi texnika vositalaridan to'g'ri va oqilona foydalanish, ish vaqti so'ngida barcha texnik qurilmalarni o'chirish ketish, yong'in xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan vositalardan foydalanmaslik haqida suhbatlar o'tkazildi.       Shuningdek, yong'in xavfsizligi qoidalari doirasida ko'rsatmalar taqdim etildi.

1-sinfga onlayn qabul davom etmoqda!

10.08.2023 2290

Hurmatli ota-onalar! Elektron qabul jarayonida yana bir qulaylik yaratildi.  Endilikda doimiy yashash joyi tumanlarda bo‘lgan fuqarolar, Toshkent shahri va viloyat markazlarida joylashgan hamda bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul uchun ariza topshirishlari mumkin.  Buning uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining my.maktab.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali onlayn qabul qilish jarayonidan o‘tishlari kerak. Ushbu yo‘riqnomada my.maktab.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari ketma-ketlikda ko‘rsatib o‘tilgan. Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki  71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Youtube | Facebook | Instagram   

Nima sababdan my.maktab.uz saytida qo‘shimcha kvotaga ariza topshirayotgan vaqtim, maktabda qolgan bo‘sh o‘rinlar soni nolni ko'rsatmoqda. Ammo, qabul qilingan arizalar soni oshib bormoqda?

10.08.2023 2766

Saytda jami qabul reja va qabul qilingan bolalar soni ko‘rsatiladi. Bunda mikro-hududdan tashqari qo‘shimcha kvota bo‘yicha faqat bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda ariza topshirish mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, maktab yoshidagi bolalarni mikro-hudud bo‘yicha davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga qabul qilish huquqi kafolatlanganligi bois,  mikro-hudud bo‘yicha qabul 15-avgustga qadar amalga oshiriladi. Toshkent shahar va viloyat markazlaridan tashqari boshqa hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun qabul qachon va qay tartibda amalga oshiriladi? 10-avgustdan so‘ng, elektron tizim orqali qabul qilinayotgan maktablarda istalgan hududdan (chegarasiz) qabul jarayoni amalga oshiriladi. Bunda belgilangan qabul rejasi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan (o‘quvchilar soni sinfda 35 nafarga yetmagan) maktablarga qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda “Toshkent shahar...

Sizga qulaylik yaratish maqsadida nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish uchun ariza topshirish jarayoni haqida bosqichma-bosqich video-yo'riqnoma tayyorlandi.

01.08.2023 2529

Video-yo'riqnomada ariza topshirish tartibi haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Hurmatli ota-onalar!

31.07.2023 2515

     Joriy yilning 1-avgust sanasi, soat 12:00dan mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning  1-sinflariga onlayn qabul jarayoni boshlanishini ma'lum qilamiz!      Ushbu video-yo'riqnomada,  mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.      Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 1-iyun sanasidagi 295-sonli Qaroriga asosan, umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.      Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki  71-203-07-04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Qanday qilib chet el fuqarolari o'z farzandlarini 1-sinfga ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin? Buning uchun qanday hujjatlar kerak?

28.07.2023 2834

     Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga (2-ilova) muvofiq xorijiy fuqarolarning farzandlarini maktabga joylashtirish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), siz elektron platformadan ham foydalanishingiz mumkin (my.maktab.uz) maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va elektron ariza bilan ro'yxatdan o'ting.      Ariza topshirishda quyidagi 3 ta hujjat ilova qilinishi kerak:      - Imtihonlarda olingan baholarni (ballarni) ko'rsatgan holda o'rganilgan fanlar to'g'risidagi hujjat (1-sinfga kiradigan bolalar bundan mustasno);      - O 'zbekiston Respublikasining davlat tili imtihonlarida olingan baholarni (ballarni) ko' rsatgan holda o ' rganilgan fanlarning hujjatini tarjima qilish (1-sinfga kiradigan bolalar bundan mustasno);      - Sog'liqni saqlash...

Biz turmush o‘rtog‘imning ishlari tufayli Toshkent shahrida yashaymiz, ammo Navoiy shahrida doimiy ro‘yxatda turamiz. Farzandimni 1-sinfga hujjatlarini topshirayotganda harbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz. Bunday holatda nima qilish kerak?

28.07.2023 2590

     Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilida 43 ta tuman va shaharlarda 1-sinfiga qabul jarayonlari onlayn shaklda, ya’ni vazirlikning elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.      Qabul jarayonlari birinchi navbatda joriy yilning 31-iyuliga qadar umumta’lim maktablariga hokimliklar tomonidan biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan boshlab esa mikrohududdan tashqari ya’ni bir tumandan boshqa tumanga, 10-avgustdan esa istalgan hududdan (chegarasiz) qabul jarayoni amalga oshiriladi. Qabul jarayonlari 15-avgustda yakunlanadi.       Siz Toshkent shahrida vaqtincha yashash joyingiz bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, joriy yilning 10-avgustidan so‘ng farzandingizni maktabga joylashtirish uchun ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.      O‘g‘lim Yangihayot tumanidagi 8-sonli maktabning...

2023-yilning eng ommalashgan SI chat-botlari ro'yxati quyida keltirib o'tilgan:

19.07.2023 2700

     "ChatGPT";      "Bing";      "Bard";      "GitHub Copilot";      "GigaChat";      "Jasper Chat";      "Rytr";      "YouChat";      "Socratic";      "Chatsonic";      "Anyword";      "Character AI"      Ushbu chat-botlarning keng imkoniyatlari hamda qo'llanilish sohalari bilan navbatdagi postlarimizda batafsil tanishishingiz mumkin.      Bizni kuzatishda davom eting!

Chat-based Generative Pre-trained Transformer yoki "ChatGPT" - bu "OpenAI"ning SI chat-boti hisoblanadi. 

19.07.2023 2418

     "ChatGPT" foydalanuvchi bilan muloqot qilishda inson suhbatini muvaffaqiyatli taqlid qilishi mumkin. U 175 milliarddan ortiq parametrlarni o'z ichiga olgan ulkan ma'lumotlar to'plamiga asoslangan GPT-3 til modeliga asoslangan.      "ChatGPT"ning imkoniyatlari:      Uning kontent yaratish imkoniyatlari misli ko'rilmagan darajaga yetmoqda. Chat-bot nafaqat savol-javob rejimida mazmunli suhbatlar o'tkazishga, balki tegishli ovozli yoki matnli so'rovlar bo'yicha noyob elektron pochta xabarlari, insholar, tovarlar va xizmatlar tavsiflari, she'rlar, ilmiy maqolalar, rezyumelar yaratishga, shuningdek kodni to'ldirishga qodir.      "ChatGPT" xususiyatlari:      "OpenAI"ning ilg'or NLP modellaridan GPT-3.5 yoki GPT-4 (pullik versiyasida ChatGPT Plus) foydalanadi;      matn va kod yozishdan tortib matematik masalalarni hal qilishgacha bo'lgan...