Coursera

24.07.2020

Aziz o‘quvchilar! 

Har birimiz hayotimiz davomida o‘zimizga «men kelajakda kim bo‘laman, buning uchun qaysi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishim kerak va qayerda o‘qisam bo‘ladi?» kabi savollar bilan bosh qotiramiz. 

Albatta har birimiz ota-onamizning suyanchi va tayanchi, shu bilan bir qatorda tengdoshlarimiz orasida ma’lum muvaffaqiyatga erishgan inson bo‘lishni istaymiz. Jamiyat va hayotdagi yangidan-yangi trend va rivojlanish, mehnat bozori va ish beruvchilari tomonidan talab qilinayotgan ko‘nikma va bilimlar, hattoki nufuzli universitetlar tomonidan so‘ralayotgan portfolio tarkibi o‘z ustimizda tinmasdan ishlashga, yanada yangi bilimlarni egallashni talab etadi.
 
Bilim olish uchun odatda maktab, kutubxona, o‘quv markazi yoki repetitorga boramiz, lekin shular qatorida so‘nggi 10 yil davomida butun dunyoda tobora mashhur bo‘layotgan mutlaqo bepul, lekin mashhur universitet va kompaniyalar tomonidan tayyorlangan kurslar bor. Ular butun dunyoda tan olingan bo‘lib, ulardan Sizlarning xorijdagi tengdoshlaringiz allaqachon samarali foydalanib kelmoqda. 

Bizning jamoamiz O‘zbekistonlik yuqori sinf o‘quvchilari uchun eng ommabop va qulay, sun’iy intellekt, internet savdosi, dasturlash, dizayn, biznes va moliya, audit, horijiy til va ko‘plab kelajak kasblariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan 4300 dan ortiq Coursera onlayn kurslarida bepul ta’lim olish imkoniyatini yaratdi. 

Shoshiling, kurslarga yoziling va xayotingizda o‘z yo‘lingizni topib muvaffaqiyatga erishishga xizmat qiladigan Johns Hopkins, Stanford, Duke, Illinois, Arizona, London Imperial College kabi xalqaro universitetlar yoki Cisco, Google, IBM kabi IT-kompaniyalarning sertifikatlariga ega bo‘ling. 

Buning uchun quyidagi havola orqali ariza to‘ldirishga 2-3 daqiqa vaqtingizni ajrating va yangi bilimlar dunyosidan zavqlaning. 

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdylY0Nhjvx4H1G_hI93DHcSKDa-IWGT8jifkEnELgqlK9Vig/viewform?usp=send_form

Sizlarga omad va yangidan-yangi yutuqlar tilagan holda, XTV jamoasi

Contact us

You can send your suggestions, complaints or opinions using this form